Podchaser Logo
Home
Uzbek podcast 031006

Uzbek podcast 031006

Released Friday, 10th March 2006
Good episode? Give it some love!
Uzbek podcast 031006

Uzbek podcast 031006

Uzbek podcast 031006

Uzbek podcast 031006

Friday, 10th March 2006
Good episode? Give it some love!
Rate Episode
SumalakSumalak Navro‘zning shoh taomi bo‘lib, u ilk ko‘klam darakchisi, baraka, hosildorlik, to‘kin-sochinlik, ahillik, tan-sihatlik va ezgulik timsolidir. Sumalak haqida juda ko‘p afsonalar mavjud. Biroq ularning hammasida umumiy mazmun bor: Bolalarni ochlikdan qutqazish maqsadida chora izlagan ona ko‘katdan taom pishirishga intiladi. Unga farishtalar yordamga keladi. Tongda taomga ilohiy ta’m kiradi. Natijada bu taom bolalarni o‘limdan saqlab qoladi. Sumalak tayyorlashdan oldin yoshi ulug‘ kishilarning duolari olinadi. Ota-bobolarning ruhlarini shod etish uchun qur’on tilovat qilinadi. Sumalakni tayyorlash jarayoni ayollarning o‘ziga xos marosimiga aylanib ketadi. Sumalak ayollarning bir jamoa bo‘lib harakat qilishi natijasida tayyorlanadi. Ular sumalak tayyorlash, uni pishirish paytida bir-birlari bilan suhbat qilishadi, turli hikoyalar va latifalar aytishadi. Shuningdek, sumalak ishtirokchilari childirma (doira) chalib, raqsga tushishadi, qo‘shiq aytib o‘yin-kulgi qilishadi. Uy bekalari sumalak ishtirokchilari uchun ko‘k chuchvara, ko‘k somsa, qatlama, chalpak singari tansiq taomlar tayyorlashadi. Sumalak tayyorlashda erkaklarning ham o‘ziga yarasha yumushlari bor. Ular sumalak uchun o‘choq qazishadi, o‘tin tayyorlashadi va olovni nazorat qilishadi. Sumalak uchun bug‘doy donini qulay sharoitda undirib, uni kelida tuyib shirasi olinadi. So‘ng unga yog‘, un qo‘shib katta doshqozonda 13-14 soat qaynatiladi. Qozonga solinayotgan har bir narsa oldidan duo va yaxshi niyatlar qilinadi. Sumalak tagiga olmasligi uchun qozonga tosh va yong‘oq solinadi. Shuningdek, sumalakni ayollar galma - galdan kovlab turishadi. Sumalak kovlash ham savob ish hisoblanadi. Uni yahshi niyatlar, ezgu orzular va el-yurt uchun baraka tilab kovlanadi. 13-14 soatdan so‘ng sumalak tayyor bo‘ladi. Qozonning usti asta-sekin yopiladi va 2-3 soat tindiriladi. Qozonning tagidagi o‘t o‘chiriladi. Keyin qozonni ochib, elu yurtga sumalak tarqatiladi. An’anaga ko‘ra sumalakni birinchi yoshi ulug‘ kishilarga va masjidlarga atab idishlarga solinadi.
Show More
Rate

Join Podchaser to...

  • Rate podcasts and episodes
  • Follow podcasts and creators
  • Create podcast and episode lists
  • & much more

Episode Tags

Do you host or manage this podcast?
Claim and edit this page to your liking.
,

Unlock more with Podchaser Pro

  • Audience Insights
  • Contact Information
  • Demographics
  • Charts
  • Sponsor History
  • and More!
Pro Features